Italiyaning Trento şahri prokuraturasi avstriyalik milliarder Rene Benkoni hibsga olişga order berdi. Financial Times’ning yozişiça, u Janubiy Tiroldagi bitimlarni amalga oşirişda firibgarlik sodir etganlikda gumonlanmoqda. Iş doirasida gumonlanuvçisi sifatida 77 kişi söroq qilinyapti. Ularning ayrimlari allaqaçon uy qamoğiga olingan yoki qidiruvga berilgan.

Prokuraturaning ma’lum qilişiça, uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça Italiya bölinmasi tomonidan ötkazilgan tergov «Janubiy Tirolda boşqaruv qarorlari qabul qilinişiga ta’sir körsatişga qodir biznes-guruh borligini» aniqlagan. «Tadbirkorlar davlat xizmatçilarining saylov kampaniyalarini moliyalaştirişga, buning evaziga esa imtiyozlar, bitimlar tuzişning soddalaştirilgan tartiblari va köçmas mulk loyihalarini amalga oşiriş böyiça konsessiyalar olişga tayyor», — deyiladi bayonotda.

Avstriya konstitutsiyasi öz fuqarolarining çet eldagi sud jarayonlarida iştirok etişi uçun ekstraditsiya qilinişini taqiqlaydi. Rene Benkoning advokatiga köra, Yevropadagi biror-bir order uning mijozi hibsga olinişini ta’minlay olmaydi.

Rene Benkoga Avstriyadagi eng yirik köçmas mulk holdingi — Signa tegişli. 2023 yil noyabrda holding bankrotlik böyiça ariza bergan. Kreditorlar Signa’ni bankrotlik töğrisida ariza berişidan oldin noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oşirgani uçun sudga bergan. Öşanda Signa’ning qarzi 13 milliard yevroni taşkil etgan, 120 ga yaqin bank esa uning kreditori bölgan.