Xiva shahrida aholini uyma-uy yurgan holda ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
1-25 noyabr kunlari O‘zbekistonning tanlab olingan 4 ta hududi, jumladan Xorazm viloyatining Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirdan maqsad – 2023 yilda o‘tkaziladigan aholini yalpi ro‘yxatga olish ishlaridan oldin ro‘yxatga olish dasturi, savolnoma shakllari, uslubiy qo‘llanmalar, me'yoriy-huquqiy hujjatlar hamda aholini ro‘yxatga olish usullarini amaliy sinovdan o‘tkazish, sinov jarayonlarida aniqlangan barcha xato va kamchiliklarni bartaraf etish.
1-5 noyabr kunlari aholini internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatga olish, 6-10 noyabr kunlari internet orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish ishlari bajarildi.
11 noyabr kuni Xiva shahrida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida 182 nafar ro‘yxatga oluvchi xodim tomonidan 21 ta mahalla kesimida uyma-uy yurgan holda ro‘yxatga olish ishlari boshlandi. Tadbir 22 noyabrgacha davom etadi.
Sinov tariqasida ro‘yxatga olishning yakuniy bosqichida (23-25 noyabr kunlari) har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganiladi.
Ma'lumot o‘rnida, sinov tariqasida ro‘yxatga olishning aniq payti 2021 yil 1 noyabr soat 00:00 etib belgilanadi. Shu vaqtdan keyin sodir bo‘lgan demografik holatlar natijalari ro‘yxatga olish varag‘i shakllariga kiritilmaydi.
Mavzuga oid
21:06 / 23.10.2024
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026 yilga reja qilinmoqda
17:35 / 27.03.2024
“Aholini ro‘yxatga olish uchun 800 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi” - Statistika agentligi mas’uli
13:19 / 17.03.2024
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025–2026-yillarga mo‘ljallanmoqda – prezident qarori
15:47 / 29.10.2021