Özbekistonda aholini röyxatga oliş tadbirlarini ötkaziş 2025-2026 yillarga möljallanyapti. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, bu tadbirni ötkaziş uçun 800 mlrd söm mablağ talab etiladi. Bu haqda 27 mart kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbirining savoliga javoban Statistika agentligi boşqarma boşliği Qobiljon Berdiqulov ma’lum qildi.
“2019 yilda aholini röyxatga oliş işlari boşlangandi. 2021 yilda 4 ta hududda sinov tariqasida aholini röyxatga oliş tadbirini ötkazdik. Bunda aholini röyxatga olişning 3 ta usulini testdan ötkazdik. Hozir respublika böyiça aholini röyxatga oliş tadbirlarini zamonaviy axborot texnologiyalarini qöllagan holda amalga oşirişni rejalaştiryapmiz. 2020 yilda pandemiya tufayli bu tadbir qoldirildi.
Bu juda katta mehnat talab qiladigan tadbir bölgani uçun uning moliyaviy va texnik tomonlarini körib çiqib, tizimimizni takomillaştirgan holda 2025-2026 yillarda ötkaziş reja qilingan. Butun tadbirni ötkaziş uçun 800 mlrd söm mablağ talab etiladi”, – dedi Qobiljon Berdiqulov.
Ma’lumot uçun, 2023 yilda aholini röyxatga olişni ötkaziş uçun respublika budjetidan 10 mlrd söm ajratiş közda tutilgan bölsa, 2024 yilgi budjetda bu yönalişdagi xarajat 18 mlrd söm bölişi belgilangan.
Aholini röyxatga oliş qaçon ötkazilişi kerak edi?
Özbekistonda aholini röyxatga oliş umummilliy tadbiri 2022 yilda ötkazilişi kerak edi. Xususan, 2019 yil 5 fevralda “Özbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini röyxatga olişni ötkaziş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi prezident farmoni, 2020 yil 16 martda “Aholini röyxatga oliş töğrisida”gi qonun qabul qilingandi.
Keyinçalik koronavirus pandemiyasi tufayli mazkur tadbirni ötkaziş muddati uzaytirildi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “Özbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, respublikada aholini röyxatga oliş işlari 2023 yilning 1-25 noyabrida ötkazilişi belgilangandi. Biroq bu tadbir 2023 yilda ham amalga oşirilmadi.
2024 yil 4 mart kuni imzolangan prezident qarori bilan aholini röyxatga oliş işlarini ötkaziş 2025−2026 yillarga reja qilindi.
Özbekistonda sönggi marta aholini röyxatga oliş sobiq ittifoq davrida, 1989 yilda ötkazilgan.













