2025−2026-yillarda Özbekistonda aholini röyxatga oliş işlari ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda 2024 yil 4 mart kuni prezident imzolagan qaror ilovasida belgilab qöyilgan.

Prezident qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni çuqurlaştiriş böyiça yöl xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini röyxatga oliş işlarini taşkil etiş vazifasi yuklatilgan.

Yöl xaritasida 2024 yil davomida agentlik aholini röyxatga olişni ötkazişga tayyorgarlik köriş işlarini davom ettirişi belgilangan.

Jumladan:

  • aholini röyxatga olişni aholining keng ommasiga tuşuntiriş böyiça tarğibot-taşviqot işlarida foydalaniş uçun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlaş;
  • 2021 yilda ötkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini röyxatga oliş savolnomalari şakllarini takomillaştiriş;
  • xalqaro tajriba va ekspertlar tavsiyalari asosida «Aholini röyxatga oliş» axborot tizimini takomillaştiriş;
  • «STATA» amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qiliş va unda röyxatga oliş natijalarining çiquvçi jadvallari namunalarini şakllantiriş;
  • aholini röyxatga olişning taşkiliy rejasini işlab çiqiş vazifalarini amalga oşiriş belgilangan.

Aholini röyxatga oliş esa 2025−2026-yillarda ötkazilişi, natijalar 2026−2027-yillarda tayyorlanişi va e’lon qilinişi belgilangan.

Özbekistonda aholini röyxatga oliş umummilliy tadbiri 2022 yilda ötkazilişi kerak edi. Xususan, 2019 yil 5 fevralda «Özbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini röyxatga olişni ötkaziş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi prezident farmoni, 2020 yil 16 martda «Aholini röyxatga oliş töğrisida»gi qonun qabul qilingandi.

Keyinçalik koronavirus pandemiyasi tufayli mazkur tadbirni ötkaziş muddati uzaytirildi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi «Özbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra, respublikada aholini röyxatga oliş işlari 2023 yilning 1-25 noyabrida ötkazilişi belgilangandi. Biroq bu tadbir 2023 yilda ham amalga oşirilmadi.