10:30 / 31.12.2018
5146

Artel kompaniyasi barcha o‘zbekistonliklarni Yangi yil bayrami bilan muborakbod etadi

Artel kompaniyasi barcha o‘zbekistonliklarni kirib kelayotgan yangi 2019 yil bilan chin dildan muborakbod etadi.

Artel kompaniyasi kirib kelayotgan Yangi yil barchangizga yangi zafarlar, yangi g‘oyalar, ko‘pdan ko‘p baxt-quvonchga to‘la onlar va yoqimli taassurotlar olib kelishini tilaydi. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi. Xonadoningizdan qut-baraka, to‘kin-sochinlik, yuzingizdan esa tabassum hech qachon arimasin.

Yangi kirib kelayotgan 2019 yil o‘zgacha, ajoyib bo‘lishiga ishonamiz. Mukammallik mutlaq bo‘la olmagani kabi, shinamlik ham nisbiydir. Aynan shu tufayli Artel kompaniyasining mutaxassislari yanada sifatli va texnologik maishiy texnika ishlab chiqarish uchun bor imkoniyatlarini ishlatishmoqda.

Aziz do‘stlar, bizga bo‘lgan ishonchingiz bizni doimo oldinga intilishga undaydi. Siz uchun qulaylik yaratish, ishlatganda quvonch baxsh etadigan maishiy texnika yaratish biz uchun eng oliy baxtdir. Xonadoningiz ko‘rkini, shinamligini, oilangiz farovonligini bizning maishiy texnikaga ishonib topshirganingiz uchun sizga mingdan-ming rahmat.

Kirib kelayotgan 2019 yil barchangizga baxt va shodlik baxsh etsin. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut-baraka, oilangizdan shod-u xurramlik aslo arimasin. Yangi yilingiz muborak!

Top