Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyodi Senatning yangi binosida bo‘lib o‘tadi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/NEpV-Cyz5VvLSG3ouknVklGNR6kx8CQI.jpg)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rasman ma'lum qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xabar berishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi 6 noyabr kuni soat 11:00da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining yangi binosi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Prezident qasamyod qabul qilganidan so‘ng unga prezident belgisi va shtandarti topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni keyingi besh yilga O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Saylov kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovi natijalari rasmiy ravishda e'lon qilingan kundan e'tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qilgan paytdan e'tiboran o‘z lavozimiga kirishadi.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/gdJ3llY_M5znof3-YQ74TSWZWVsHwUng_medium.jpg)
03:50 / 21.01.2025
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/afnLotPXO12G0Ytw33jT56j4tIna9OYx_medium.jpg)
21:30 / 20.01.2025
Tramp inauguratsiya uchun rekord darajada ko‘p mablag‘ to‘pladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/JvPAz-dW2q7b6iOGbtBs5dm1MXrEyMSB_medium.jpg)
10:28 / 18.01.2025
Donald Tramp inauguratsiya marosimini Kapitoliy ichida o‘tkazishga qaror qildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/OpUuKj1NL29Lp2MDQ_yzx4uy7yqgodMb_medium.jpg)
23:15 / 04.01.2025