Vaşingtonda butun dunyoga ta’sir qiladigan voqea sodir böldi, Donald Tramp rasman AQŞ prezidenti lavozimiga kirişdi. Mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida Trampning inauguratsiya marosimi boşlandi va rasman Oq uy rahbarligi Jo Baydendan Trampga ötdi.

«Men Donald Jon Tramp AQŞ prezidenti vazifasini vijdonan bajarişga, Qöşma Ştatlar konstitutsiyasini qöllaş, asraş, himoya qilişga tantanali qasamyod qilaman. Bu yölda Xudo menga yor bölsin», deb amerikalik soliq tölovçilar oldida ont içdi Donald Tramp. Bu vaqtda AQŞning 47-prezidenti qöllarini an’anaga köra Injilga qöyib turdi. Nasroniylar muqaddas kitobini esa bu gal ham Trampning xotini Melaniya uşlab turdi.

Videoni körgan bölsangiz, Melaniyaning qölida ikkita kitob bor edi. Ulardan biri Trampning şaxsiy kutubxonasida saqlanadigan, unga onasi 1955 yilda sovğa qilgan Injil. Ikkinçisi esa Avraam Linkoln 1861 yilda foydalangan Injil. Uni Amerikada Linkoln Injili deyişadi.

Marosim Kapitoliyning içkarisida ötkazildi. Odatda inauguratsiya marosimi bu tarixiy bino taşqarisida ötkazilardi, lekin bu gal havo sovuqligi uçun uni Kapitoliy içiga köçirişdi. Marosimda AQŞdagi barça tirik sobiq prezidentlar Bill Klinton, Barak Obama, kiçik Jorj Buş va Jo Bayden qatnaşdi. Umumiy hisobda Kapitoliyda 200 ming atrofida odam yiğildi.

Tramp qasamyod qabul qilganidan keyin rasman AQŞ prezidentiga aylandi va ilk bayonotini hali sahnadan tuşmay berdi. U AQŞning janubiy çegaralarida favqulodda holat e’lon qildi va noqonuniy migrantlar mamlakatni kesib ötişiga ortiq yöl qöyilmasligini aytdi. «Hamma noqonuniy migrantlar kelgan joyiga qaytariladi», dedi Tramp. Yangi prezident AQŞ milliy gvardiyasini noqonuniy migrantlar kirib kelişiga qarşi turiş uçun janubiy çegaralarga yuborişini aytdi.

Tramp narkotik savdosi bilan şuğullanadigan kartellarni terrorçilik taşkiloti deb e’lon qilişini bildirdi. Şuningdek, AQŞ rasman doirada faqat ikki jinsni – erkak va ayol jinsini tan olişini ma’lum qildi.

Trampning inauguratsiyagaça bölgan boşqa davlatlarni qöşib oliş gaplari şunçaki gap emas ekan, çunki respublikaçi prezidentlikka kirişgan ilk daqiqalaridayoq bu gapini takrorladi. «Bayroğimiz yangi va ajoyib gorizontlarda hilpiraydi, fazogirlarimiz esa AQŞ bayroğini Marsga örnatişadi», dedi Tramp. Prezident bu gapni aytganda Ilon Mask xursandçilikdan sakrab yubordi.

Oq uy saytida ham Trampning sözlari paydo böldi. «Amerika qaytdi. Prezidentlik lavozimimdagi har bir kunda oxirgi nafasim qolgunça siz uçun kuraşaman. Amerika farzandlarimiz faxrlanadigan darajada kuçli bölmagunça çarçamayman. Işoning, Amerika uçun çinakam oltin asr boşlandi», degan Tramp Oq uy e’lon qilgan çiqişda.