Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp inauguratsiya uchun rekord darajada ko‘p mablag‘ to‘pladi
Donald Tramp 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimi uchun rekord darajadagi 250 million dollar yig‘di.
AQSh saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi uning inauguratsiyasi uchun 250 million dollar xayriya yig‘di, deb xabar berdi RBK.
Respublikachi o‘zining birinchi muddatida avvalgi rekordini 107 million dollar (inflatsiya hisobiga ko‘ra, 139 million dollar) o‘rnatgan edi.
Inauguratsiya atrofidagi tadbirlar va tantanalar inauguratsiya qo‘mitasi, asosan xususiy tashkilot tomonidan to‘plangan mablag‘lar hisobidan o‘tkaziladi. Bular asosan jismoniy shaxslar va korporatsiyalarning badallari.
Inauguratsiya uchun to‘plangan mablag‘lar:
250 mln – Donald Tramp (2025);
139 mln – Donald Tramp (2017);
79,2 mln – Barak Obama (2009);
74,5 mln – Jo Bayden (2021);
73 mln – Bill Klinton (1993);
72 mln – Jorj Bush kenja (2001);
69,5 mln – Jorj Bush kenja (2005);
61,1 mln – Barak Obama (2013);
59,5 mln – Bill Klinton (1997).
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026