2025 yil 20 yanvarda Donald Trampning inauguratsiyasi Vaşingtondagi Kapitoliy binosi taşqarisida emas, içida bölib ötadi. Bu haqda respublikaçining özi 17 yanvar, juma kuni TruthSocial ijtimoiy tarmoğida yozgan.
Trampning inauguratsiya kunida Vaşingtondagi ob-havo
Trampning aytişiça, AQŞ poytaxtida 20 yanvar kuni sovuq Arktika şamollari va «rekord past haroratlar» kuzatilişi kutilmoqda. Meteorologiya xizmati ma’lumotlariga köra, duşanba kuni Vaşingtonda havo harorati kunduzi -5°C, keçasi esa -12°C gaça pasayadi.
Respublikaçining fikriça, bu minglab favqulodda vaziyatlar xodimlari va marosim tomoşabinlari uçun xavfli bölişi mumkin. «Men odamlarning heç qanday zarar körişini yoki jarohatlanişini xohlamayman, - deb yozgan saylangan prezident. - Şuning uçun men inauguratsiya nutqi, şuningdek, boşqa nutqlar Kapitoliy rotondasida aytilişini buyurdim».
Donald Tramp Capital One Arena poytaxt stadionida tomoşabinlar uçun marosimning jonli efiri taşkil etilişini qayd etdi. Prezidentning özi tarafdorlarini kutib oliş uçun lavozimga kirişgaç, u yerga kelişga va’da bergan.
Vaşingtondagi Milliy alleyada, marosim ötkazilişi rejalaştirilgan Kapitoliy zinapoyasi oldida allaqaçon minglab stullar örnatilgan, deb xabar beradi AFP. Endi ular kerak bölmaydi. Kapitoliy rotondasidagi zalning özi bir neça yuz kişini siğdira oladi, deya ta’kidlaydi agentlik.
AQŞ prezidenti inauguratsiyalarida sovuq ob-havo
Odatda, AQŞ prezidentining inauguratsiya marosimi Kapitoliy binosi oldidagi köçada bölib ötadi. Masalan, Tramp 2017 yil 20 yanvarda lavozimga kirişganida ham şunday bölgan. Respublikaçining özi eslaganidek, 1985 yilda Ronald Reyganning inauguratsiyasi paytida sovuq ob-havo tufayli marosim Kapitoliy rotondasiga köçirilgan edi.
AFP eslatganidek, AQŞning töqqizinçi prezidenti Uilyam Genri Xarrison 1841 yilda inauguratsiya marosimida yomon ob-havoga e’tibor bermay, şlyapa va paltosiz şamolda turib uzoq nutq sözlagan. Bir oy ötgaç, 68 yoşli siyosatçi pnevmoniyadan vafot etgan.













