O‘zbekiston | 10:20 / 16.05.2022
19295
1 daqiqa o‘qiladi

Kirish imtihonlarida abituriyentlarga test ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

Davlat test markazi bu yil kirish imtihonlarida abituriyentlarga test topshiriqlarini ishlash uchun qancha vaqt berilishi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov tashkilot rasmiy telegram kanalida tashkil etilgan ovozli chatda kirish imtihonlariga oid savollarga javob berdi.

“Bu yil kirish imtihonlarida abituriyentlarga testlarni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi. Vazirlar Mahkamasining test topshiriqlarini o‘tkazishga oid 261-sonli nizomida 30 ta savol uchun bir soat vaqt berilishi yozilgan. Demak, 90 ta savolga 3 soat vaqt beriladi”, deya ma’lumot berdi Sardor Rajabov.

Eslatib o‘tamiz, bu yil abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi. Ularga 2 ta mutaxassislik blokidan 30 tadan – 60 ta, majburiy fanlar blokidan esa 10 tadan jami 30 ta savol tushadi.

Maksimal ball – 189 ball. 

Mavzuga oid