18:21 / 25.05.2020
67438

TIV Samaradagi holat bo‘yicha ma'lumot berdi va u yerda to‘planayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga borishga urinmaslik, yashash joyida qolish va karantin choralariga qat'iy amal qilish so‘ralgan.

Foto: tvsamara.ru

Qozog‘iston hududi orqali vatanga qaytish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya-Qozog‘iston chegarasi yaqinida Samara viloyatida to‘planishi davom etmoqda.

Tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, 2020 yilning 18 va 19 may kunlari Rossiya-Qozog‘iston chegarasi orqali vatandoshlarning O‘zbekistonga olib ketilishi istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalarning avvaldan shakllantirgan ro‘yxati asnosida Rossiya va Qozog‘iston tomonlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan. Qo‘shimcha ro‘yxatlar tuzilishi ko‘zda tutilmagani aytiladi.

“Ogohlantirishlarimizga qaramay, 280ga yaqin fuqarolarimiz Rossiya-Qozog‘iston chegarasi oldida to‘planmoqdalar. O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi ma'lumotiga ko‘ra, Samara oblasti Hukumati ushbu fuqarolarni sanoat obektlarida ish, yotoq joy va oziq-ovqat bilan ta'minlashga tayyorligini bildirgan. 

Ammo to‘plangan vatandoshlarimizdan faqat 25 nafari ushbu taklifni qabul qilgan bo‘lsa, qolganlari hamon Bolshaya Chernigovka tumani hududida qolmoqdalar. 

Ishga joylashishni istamagan va chegara yaqinida qolayotgan vatandoshlarimizni o‘zlarining vaqtincha/doimiy yashash joylariga qaytishlarini hamda charter reyslarini kutishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish nuqtalariga borishga urinmaslik, yashash joyida qolish va karantin choralariga qat'iy amal qilish so‘ralgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top