Qozoğistonda röyxatdan ötgan avtobus Samara viloyatining Kinel tumanida ağdarilib ketdi. Ikki yölovçi halok böldi, yana 10 nafari kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi viloyat YHXB matbuot xizmati. Halok bölgan va yaralanganlarning fuqaroligi aniqlaştirilmagan, biroq avtobus Özbekiston fuqarolarini Nijniy Novgorodga olib ketayotgani ma’lum.

Taxminan soat 1:00 (Toşkent vaqti bilan 02:00) da Ural-Muxanovo yölining 26-kilometrida Scania avtobusi bilan YTH sodir böldi. Yöl harakati xizmati ma’lumotlariga köra, haydovçi «yöl harakati xavfsizligini ta’minlamaydigan tezlikni tanlagan va transport vositasining yölni tark etişiga, keyin esa ağdarilib ketişiga imkon bergan». 

Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi, viloyat Davlat yöl inspeksiyasi rahbariyati va Rossiya Federatsiyasi IIV hududiy boşqarmasi işlamoqda. Politsiya voqea sabablarini aniqlaşda davom etmoqda. 

Kinel tumani Samara viloyatining markazida joylaşgan. Ma’muriy markazi — Kinel şahri.