Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi 2024 yil 8 aprel kuni Samara viloyatida sodir bölgan baxtsiz hodisa natijasida halok bölgan Özbekiston fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Hodisa Samara viloyatidagi Ural-Muxanovo trassasida sodir bölgan. Çimkent-Nijniy Novgorod yönalişi böylab harakatlanayotgan avtobus yöldan çiqib ketib, ağdarilib ketgan. Hodisa vaqtida avtobusda 66 yölovçi bölgan. Oqibatda ikki nafar Özbekiston fuqarosi halok böldi, 20 ga yaqin kişi jarohat olgan va tibbiyot muassasalariga joylaştirilgan.
Zarur yordam körsatiş maqsadida Özbekistonning Rossiyadagi elçisi va Qozon şahridagi Boş konsullik xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Bu borada diplomatlar Rossiyaning Samara viloyatidagi tegişli taşkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Vaziyat alohida nazorat ostida.
Zarur hollarda, qöşimça ma’lumot uçun quyidagi raqamlarga murojaat qiliş mumkin:
- Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi konsullik bölimining call-markazi: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76
- Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulligi: +7 843 526 55 63; elektron poçta manzili: [email protected].












