Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Botir Asadov Samara viloyati Soğliqni saqlaş vazirligi rahbari Armen Benyan bilan birgalikda hududdagi tibbiyot muassasalarida bölib, avtohalokatda jabrlangan mamlakat fuqarolariga tibbiy yordam körsatilişi holatini örgandi.

Samara viloyati Soğliqni saqlaş vazirligi mutasaddilari ta’kidlaganidek, barça jarohatlanganlar hududdagi 4 ta kasalxonada zarur tibbiy muolajalar olmoqda.

2024 yil 8 aprelga ötar keçasi Ural-Muxanovo trassasida Çimkent-Nijniy Novgorod yönalişi böylab harakatlanayotgan avtobus iştirokida YTH sodir bölgan edi.

Voqea joyida tibbiy xizmat tezkorlik bilan iş olib bordi, 10 nafar tez tibbiy yordam brigadasi va viloyat tabiiy ofatlar tibbiyot markazi brigadasi iş olib bordi.

18 bemorning ahvoli örta oğir, 2 nafari qoniqarli va yana 2 nafari öta oğir deb baholanmoqda.

Mamlakat diplomatlari tibbiyot muassasalari ma’muriyati, Samara viloyati içki siyosat boşqarmasi milliy va diniy siyosat bölimi boşliği Mariya Kupsova bilan ham tibbiy yordamni taşkil etiş masalalarini muhokama qildi.

Elçi B.Asadov viloyat hukumati va huquqni muhofaza qiliş organlariga, şuningdek, avtohalokatda jabrlangan Özbekiston fuqarolariga yuqori malakali yordam körsatayotgani uçun Samara tibbiyot xodimlariga minnatdorçilik bildirdi.