Hukumat soliq maslahatchilari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi
Hukumat qarori bilan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari ro‘yxatini yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, nizomga muvofiq quyidagi soliq maslahatchilari tashkilotlari ro‘yxatga kiritiladi: tashkil etilganidan boshlab bir yildan ortiq muddat davomida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar; shtatida kamida bir yillik soliq maslahatchisi stajiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari mavjud bo‘lgan tashkilotlar.
Mazkur soliq maslahatchilari tashkilotlari soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar bo‘yicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari sifatida ro‘yxatga kiritilishini so‘rab Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qiladi.
Palata murojaatni 3 ish kunida o‘rganib chiqadi. Palata tomonidan soliq maslahatchilari tashkilotlarini ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida xulosa qabul qilinganda shu asosda ularning ro‘yxati shakllantiriladi.
Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasiga DXMdan ixtiyoriy tugatish jarayonida turgan soliq to‘lovchilar haqida tushgan ma'lumotlar shu kunning o‘zida dastur orqali o‘rganib chiqiladi. Har 10 kunlik ma'lumotlar umumlashtirilgan holda soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxati shakllantiriladi.
Yillik aylanmasi oxirgi uch yil mobaynida 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar (tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno) soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritiladi. Soliq to‘lovchilarga soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi xulosa shartnoma tuzilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
Mavzuga oid
10:16 / 15.04.2024
Jyengisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi
09:12 / 15.03.2024
Bekzod Mavlonov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
10:11 / 01.10.2022
SSVda vazir maslahatchisi yangi lavozimi kiritiladi
10:57 / 06.05.2022