SSVda vazir maslahatchisi yangi lavozimi kiritiladi

Foto: Kun.uz
Prezidentning “Sog‘liqni saqlash boshqaruv organlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish va rejalashtirish bo‘yicha konsepsiya hamda strategik maqsadlarni ishlab chiqish, sohadagi islohotlarning to‘liq shaklda amalga oshirilishi kuzatuvini ta’minlash maqsadida vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga sog‘liqni saqlash vazirining sog‘liqni saqlash islohoti va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri mazkur lavozimga sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv va islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tajribali va yetuk xorijiy mutaxassisni jalb qiladi.
Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlari cheklangan soni 203 nafar, sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari xodimlari cheklangan soni - 586 nafar etib belgilanadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida respublikada bosqichma-bosqich tibbiy sug‘urta tizimi joriy etilayotgani munosabati bilan 1 sentabrdan Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 10 ta shtat birligidan iborat Tibbiy sug‘urta departamenti hamda sog‘liqni saqlash tizimidan tugatilayotgan shtat birliklari hisobidan Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat Tibbiy sug‘urta bo‘limlari tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik rejasini imzoladi
Jahon | 17:15
-
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi
Jahon | 16:43
-
«Kosmos-482» Hind okeaniga quladi - «Roskosmos»
Jahon | 16:26
-
AQSh to‘rt nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilish uchun hibsga oldi
Jahon | 16:18
Mavzuga oid

10:16 / 15.04.2024
Jyengisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

09:12 / 15.03.2024
Bekzod Mavlonov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

18:22 / 24.01.2023
JSST bolalarni zararli dorilardan himoya qilishga chaqirdi

22:57 / 20.01.2023