Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning xabar berişiça, Mir-Akbar Rahmonqulov Özbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari sifatida iş boşladi.
Mir-Akbar Rahmonqulov 1952 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, 1975 yilda Toşkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi böyiça - huquqşunos. U yuridik fanlar doktori hisoblanadi.
Mir-Akbar Rahmonqulov Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi hozirda vakant hisoblanadi.
Qahramon Quranboyev va Umar Ismoilov mos ravişda prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari va örinbosari sifatida işlab kelmoqda.












