O‘zbekiston | 11:35 / 20.05.2022
5661
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda moliyaviy piramidani targ‘ib qilish orqali fuqarolarning 692,3 million so‘mini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi

Ular ijtimoiy tarmoqlarda guruhlar tashkil etib, fuqarolarga pullarini ko‘paytirib berishni aytib, aldab pullarini o‘zlashtirishgan.

Foto: stopfake.kz

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda moliyaviy piramidani targ‘ib qilib, fuqarolarning katta miqdordagi pullarini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlangan.

Jumladan, fuqarolar Yu.M., Sh.I. va boshqalar 2022 yilning mart oyida “Gift Of Legacy” nomli o‘yinni Instagram orqali tashkilotchilar ko‘rsatib o‘tgan plastik kartasiga kamida 200 ming so‘m yoki 50 dollar miqdoridagi mablag‘ni o‘tkazib berishsa, qisqa muddatda ushbu mablag‘ni 7–8 barobarga ko‘paytirib olishlari haqida reklama qilishgan.

Bundan tashqari, ular Telegram’da “200 ming so‘mlik va 50 dollarlik onlayn gap” nomli guruh tashkil etishib, o‘yin ishtirokchilarining 692,3 million so‘m pullarini o‘zlari va tanishlarining plastik kartalarga o‘tkazib olishga erishib, pul mablag‘larining bir qismini keyingi ishtirokchilar hisobidan dastlabki ishtirokchilar hisobiga o‘tkazib berishgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid