HNK mediakompaniyasining ta’lim maskanlaridagi tarğiboti yuzasidan Kun.uz suriştiruvidagi holatlar Bolalar ombudsmani hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan örganildi. Bu haqda Kun.uz’ga Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Aniqlanişiça, holatlardan biri Çust tumanidagi 69-sonli umumiy örta ta’lim maktabida sodir bölgan. Namangan viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan ta’lim maqsadlariga zid ravişda maktabda ta’lim jarayoni bilan boğliq bölmagan tadbirlar taşkil etgani uçun maktab direktori J.T.ga intizomiy çora qöllanib, u lavozimidan ozod etilgan.

Şuningdek, yana bir holat Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi 11-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotida kuzatilgan. Surxondaryo viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan bunga yöl qöygan maktabgaça ta’lim taşkiloti mudirasi v.v.b. A.Z.ga ham tegişli intizomiy çora körilib, u vazifasidan ozod qilingan.

“Özbekiston ratifikatsiya qilgan BMTning Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyaning 32-moddasida davlat bolaning iqtisodiy ekspluatatsiyadan hamda uning soğliği uçun xavf-xatar yetkazişi mumkin bölgan yoki ta’lim olişiga tösqinlik qiladigan yoxud soğliği, jismoniy, aqliy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanişiga zarar keltiradigan har qanday işlardan himoya qiliniş huquqini e’tirof etadi deb belgilangan.

Maktab va maktabgaça ta’lim taşkilotlarida turli media tijorat kompaniyalari tarğibotining ötkazilişi ta’lim muassasalarning maqsad va vazifalariga nomuvofiq bölişi bilan birgalikda, qonunçilik talablariga ham ziddir.

Xususan, “Reklama töğrisida”gi qonunning 17-moddasida voyaga yetmaganlarni tovarlarni olişga da’vat qiliş yoki reklama qilinayotgan tovarlarni olişni iltimos qilib uçinçi şaxslarga murojaat etişga undaş taqiqlanişi belgilangan. Bolalardan bu kabi tijoriy maqsadlarda foydalaniş - bola ekspluatatsiyasining bir şaklidir”, deyiladi Bolalar ombudsmani munosabatida.

Ta’lim bilan boğliq bölmagan har qanday taşviqot tadbirlariga bolalarning jalb etilişiga nisbatan qat’iy murosasiz böliş va bunday nomaqbul holatlarga yöl qöygan mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli qonuniy çoralar köriş şartligi yuzasidan Bolalar ombudsmani tomonidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga tegişli xulosa kiritilgan.