HNK’ning “öxşamagan” bayonoti

Heineken (HNK) media kompaniyasi haqida Kun.uz oldinroq ham yozgandi. 2016 yilda taşkil etilgani va boş qarorgohi London şahrida joylaşgani, ta’sisçilari Kevin Torn va Barri Jons ismli şaxslar ekani aytiladigan mazkur kompaniya video köriş va ularga layk bosiş orqali pul topişni tarğib qiladi.

Kevin Torn va Barri Jons bor şaxslarmi yoki aslida yöqmi, harqalay ularni Özbekistonda HNK’ga a’zo bölganlarning heç biri körmagan.

Kun.uz suriştiruvidan söng HNK guruhlarida kompaniyaning bayonoti tarqatildi. Unda uşbu kompaniya odamlarga barqaror iş imkoniyatlarini taqdim etişi, ularga daromad olişga yordamlaşişi hamda qöl mehnati qiyinçiliklaridan qoçiş imkonini berişi aytiladi.

“Ba’zi oflayn kompaniyalar HNK amaliyotlarini kamsitiş va unga qarşi çiqişni boşladi. Ular odamlarni an’anaviy oflayn iş joylarini qadrlaşga undaşga harakat qilmoqda, lekin aslida ular odamlarning hayot sifati yaxşilanişini xohlamaydi. Ular hammaning boy bölişini emas, balki odamlarning mehnatiga tayanişni xohlaydi”, deyiladi bayonotda.

Ammo kompaniya agar daromad şunçaki video köriş orqali berilayotgan bölsa, odamlar nega pul tikişi kerakligi, bunga qanday zarurat borligini oçiqlamagan.

Nişonda maktab va boğçalar

Xavotirlisi, faoliyati şubhali bölgan va moliyaviy piramida ekani aniq körinib turgan HNK kompaniyasi imkon qadar köproq odamni “töriga ilintiriş” uçun arzimagan “saxiylik” bahonasida hatto ta’lim maskanlariga borib, tarğibot işlarini amalga oşirmoqda. Ta’lim va tarbiya maskanlarining rahbarlari esa bunga oçiqçasiga yöl qöyib bermoqda.

Masalan, HNK vakillari turli hududlardagi maktablarga borib, göyoki xayriya tadbiri ötkazgan. Lekin şu bahonada öquvçilarga kompaniya logotipini uşlatib, tarğibot işlarini olib borgan.