Murod Nazarov: “Oddiy talabadan davlat arbobigacha”
O‘zbekistondagi top-biznesmenlardan biri Murod Nazarov Kun.uz bilan suhbatda reklamalarning 60-70 foizi internet orqali taqdim etilayotganining sabablariga to‘xtaldi.
Murod Nazarovning aytishicha, bundan 10 yil muqaddam reklamaning asosiy qismi televideniyeda berilar edi. Internet reklamalar bor-yo‘g‘i 5 foizni tashkil qilgan. Hozir esa asosiy axborot ijtimoiy tarmoqlar orqali olinyapti va shuning uchun 60-70 foiz reklama internetda beriladi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida reklamalarning hatto 90 foizgacha bo‘lgan qismi internet reklamani tashkil etadi.
“Chunki har bir tadbirkor o‘z reklamasi maksimal darajada samarali bo‘lishini xohlaydi. Marketologlar kundan kunga onlayn reklamalarning ko‘proq ommalashayotganini aytishmoqda. Ularning qulayligi shundaki, onlayn reklamalarni tahlil qilish imkoniyati mavjud.
Onlayn reklamalarni taqdim etish uchun asosiy resurslar: ijtimoiy tarmoqlar va xabarlar saytlari hisoblanadi. Bular orasida Kun.uz o‘zgacha o‘ringa ega. Bu sayt faoliyatini turli toifadagi insonlar: oddiy talabadan tortib davlat arboblarigacha kuzatishadi. Chunki Kun.uz aktual muammolarni xolis yoritish bilan o‘z auditoriyasi e’tiborini qozongan”, - deydi u.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/oLTPZnAzK41lwgm81eoGEu5vEKG6ineW_medium.jpg)
19:38 / 04.07.2024
“Yaponiyadagi tutingan dadam soliq to‘lashning ahamiyatini tushuntirgan” - Tokioda Murod Nazarov bilan suhbat
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/h4pqEGMc0z1sf1t96W3Btnkmvn0VCURc_medium.jpg)
14:54 / 22.02.2024
Nest One haqida tarqatilgan mish-mish rad etildi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/8/3EMFELdgc0zWhRJMXwpbCdA2esnNpQO-_medium.jpg)
16:02 / 08.09.2022
Respublika ta’lim markazi rahbari yangi darslikka tadbirkor Murod Nazarov haqida ma’lumot qo‘shilganiga izoh berdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/8/KvMEEs4K9WZw3Zvz2hMvTwRKuAecCYlX_medium.jpg)
21:35 / 06.09.2022