22:39 / 07.03.2019
186443
Kenjayev ishida yangi dalillar: Sud majlisida Chinatown’dagi janjal videosi namoyish etildi

2018 yilning avgustida sportchi Jamshid Kenjayevning tungi klubda o‘ldirilishi bilan bog‘liq voqea yuzasidan sud jarayoni davom etmoqda.

Avvalgi sud majlisida raislik qiluvchi sud'ya ish hujjatlariga qo‘shilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqilishi haqida aytib o‘tgandi. 6 mart kuni Toshkent shahar sudida sud majlisiga yig‘ilganlarga ushbu videoyozuvlar namoyish etildi.

Avvalgi majlislarda guvoh sifatida chaqirtirilgan «Chinatown» restorani menejyeri Yekaterina Mixayeva va ofitsiant Roman Ernazarov ko‘rsatma bergandi. Menejyerning so‘zlariga ko‘ra, Jamshid Kenjayev va uning o‘rtoqlari o‘rtasida janjal kelib chiqqach huquq-tartibot organlariga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lganida, uning telefonini tortib olishga urinishlar bo‘lgani haqida aytgan edi.

Sud majlisida ushbu holat tasvirlangan video namoyish qilindi.

Uning ortidan Jamshid Kenjayev o‘z do‘stlari bilan «Aurum-898» tungi klubiga kelgani va pichoqlashuv voqeasi aks etgan videoning aniq tasvirlangan varianti ko‘rib chiqildi.

Tungi klubdagi voqea aks etgan videoda bir jihat e'tiborni tortadi. Videoyozuvning o‘zida belgilangan vaqt bo‘yicha, voqea sodir bo‘lganidan boshlab taxminan 26-27 daqiqa o‘tgach tez tibbiy yordam xizmati yetib kelgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari esa taxminan 10 daqiqa ichida kelishgan.

Quyida mazkur videolar keltiriladi. Ayollar, voyaga yetmagan, keksa yoshlilar va asabi bo‘shlarga ushbu videolarni ko‘rish tavsiya etilmaydi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Mavzu
Tungi klubdagi fojia
9 avgust kuni kechqurun Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubida (sobiq «Niagara») kelib chiqqan pichoqbozlik oqibatida erkin kurashchi, xalqaro toifadagi sport ustasi Jamshid Kenjayevning vafot etishi bilan bog‘liq voqea shov-shuvga aylandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top