13 mart kuni Jamşid Kenjayevga nisbatan qilingan qotillik yuzasidan olib borilgan jinoyat işi tugatilib, sud hukmi öqildi. Qotillik işidagi asosiy ayblanuvçi Şodali Qiliçov 18 yil muddatga, qolgan sudlanuvçilar Saidazim Kamoliddinov, Alijon Hamrayev va Jahongir Yorqulovning har biri 5 yil muddatga qamaldi.

Hukmni e'lon qilişdan oldin sudlanuvçilarga oxirgi söz berildi. Barça sudlanuvçilar aybiga çin köngildan puşaymonliklarini bildirib, suddan yengilroq jazo berilişini söraşdi. Ularning sözlarini tinglagandan söng, sud maslahatga kirib ketdi. Ma'lum muddat ötgandan söng, sudlov hay'ati qaytib çiqdi va sud hukmini e'lon qildi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

 

Sud hukmi quyidagiça böldi:

«Özbekiston Respublikasi nomidan hukm 2019 yil 13 mart kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi öz binosida, oçiq sud majlisida, raislik Karimov, xalq maslahatçilari Miragzamov va Nişonovdan iborat tarkibda sudya katta yordamçisi Aripov va Dadajonovning kotibligida taraflardan davlat ayblovçisi Toşkent şahar prokuraturasi bölim prokurori Usmonov, sudlanuvçi Qiliçov va advokat Sultonov, sudlanuvçi Kamoldinov va advokat Alimqulov, sudlanuvçi Hamroyev va advokat Fayziyev, sudlanuvçi Yorqulov va advokat Husanov hamda jabrlanuvçining qonuniy vakili Mirzamurodova iştirokida Qiliçov va boşqalarga oid jinoyat işini körib çiqib, sudlov hay'ati sudlanuvçilar, jabrlanuvçining qonuniy vakili va guvohlarning körsatuvlarini tinglab jinoyat işi xujjatlarini örganib çiqib va işda mavjud bölgan dalillarga baho berib, sud hukm qildi:

Qiliçov Şodali Ğulomjonoviç Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qism «v», «j» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilsin va Qiliçovga Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qism «v», «j» bandlari bilan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlansin. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda ötaş belgilansin. Qiliçovga nisbatan qöllangan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi asliça qoldirilsin. Jazo ötaş muddati 2018 yil 9 avgustdan boşlab hisoblansin.