Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida sportçi Jamşid Kenjayevning tungi klubda öldirilişi bilan boğliq voqea yuzasidan sud jarayoni yakunlandi.

Kun.uz muxbirining suddan xabar berişiça, sud majlisida raislik qilgan sudya Sarvar Karimov ayblanuvçilarga hukm çiqardi.

Xususan, Şodali Qiliçov (1989 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlangan) Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi «v», «j» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada ötaşi belgilab qöyildi.

Şuningdek, Saidazim Kamoldinov (1994 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlanmagan), Alijon Hamrayev (1982 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlangan) va Jahongir Yorqulov(1992 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlanmagan) Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. 

Yuqoridagi uç nafar şaxsning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosini manzil-koloniyada ötaş belgilandi. 

Kun.uz muxbiri xabariga köra, manfaatdor tomonlarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni undiriş masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qiliş huquqi tuşuntirilgan.

Kenjayev işi: Prokuror va advokatlar nutq sözladi. Marhumning qarindoşlari sudlanuvçilarga umrbod qamoq jazosi söraşdi