Xabaringiz bor, ötgan yilning eng şov-şuvli voqealaridan biri poytaxtdagi «Aurum-898» tungi klubidagi mudhiş holat böldi. Uşbu janjalda sportçi Jamşid Kenjayev ayovsiz kaltaklangan, piçoqlangan va halok bölgandi. Şundan söng, jinoiy iş böyiça sud jarayoni bölib ötgan va sud majlislaridagi muhokamalar jamoatçilikka yetkazib borilgan edi. Uşbu iş doirasida navbatdagi sud jarayoni joriy yilning 9 iyul kuni öz yakuniga yetdi.

Uşbu sud işida jabrlanuvçi sifatida Jamşid Kenjayevning örtoqlaridan biri Ş. T. iştirok etgan. Sudlanuvçi sifatida qatnaşgan «Aurum-898» tungi klubining qöriqçisi M.A.ga nisbatan sud hukmi öqildi.

Sudning aniqlaşiça, mast holatda bölgan Jamşid Kenjayev klubga kirişga uringan va norasmiy qöriqçilar tomonidan töxtatilgan. Şu orada janjal çiqib, Jamşid Kenjayev qölida bölgan piçoq bilan Şerali Ilyasov va Abdurasul Mirzayevga tan jarohati yetkazadi. Şu jarayonda, sudlanuvçi M.A. janjalning oldini oliş uçun kelgan Kenjayevning örtoği Ş.T. va uning boşqa şeriklarini quvib ketgan. Şundan söng, sudlanuvçi M.A. jabrlanuvçi Ş.T.ni tanasining turli joylariga qöl va oyoqlari bilan urib, yonida bölgan piçoq bilan orqa dumba sohasiga ikki marta tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining 2018 yil 14 avgustdagi 4456-sonli xulosasiga köra, Ş.T. ga nisbatan yengil tan jarohati yetkazilgan.

Sudda M.A. öz aybiga iqror bölgan. Jabrlanuvçi Ş.T. esa sudlanuvçiga nisbatan heç qanday moddiy va ma'naviy da'vosi yöqligini aytgan va suddan yengilroq jazo tayinlaşni söragan.

Sud holatni batafsil örganib çiqib, sudlanuvçi M.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan aybli deb topdi va 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

Çeklovlar quyidagiça:

- yaşaş joyini hukmni ijrosini nazorat qiluvçi organ ruxsatisiz özgartirmaslik,

- ommaviy va boşqa tadbirlarda iştirok etmaslik,

- muayyan joylarda – tungi klublar, restoran, kafe, bar, spirtli içimliklari içiş joylariga bormaslik,

- alkogolli içimliklar iste'mol qilmaslik, muayyan buyumlarni – barça turdagi piçoq, temir bölaklarini özida saqlamaslik,

- Qaşqadaryo viloyati hududidan taşqariga çiqmaslik taqiqlari yuklatilgan.