Özbekistonda fizikani rivojlantiriş va uni keyingi bosqiçga kötariş uçun ilmiy maktablar, moddiy-texnik baza va kadrlar yetarlimi? Şu kabi savollarga javob izlab, fizika yönalişida eng yirik muassasalardan biri Özbekiston Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti faoliyati bilan yaqindan tanişdik.

Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti 2017 yil qayta taşkil etilgan bölib, institutning asosiy yönalişlari materialşunoslik, fizikaviy elektronika, ion-plazma jarayonlari, lazer texnologiyalari, optika, issiqlik fizikasi va yuzadagi jarayonlarni örganişdan iborat.

Institut misolida, fizika yönalişida tadqiqotlar olib boriş uçun infratuzilma, fanning sanoat tarmoqlari bilan amaliy hamkorligi, özbek fanida istiqbolli yönalişlarga yondaşuv, ilmiy maktablar yaratilişi va çet elda ilm bilan maşğul bölgan vatandoşlarni özbek faniga jalb qiliş bilan yaqindan tanişamiz.

Infratuzilma

Hukumat qarori asosida 2017-2020 yillarda institut binosi töliq kapital ta'mirlandi. Zamonaviy ilmiy asboblar xarid qiliş uçun 2,8 mln AQŞ dollari ajratilgan bölib, bugungi kungaça 2,5 mln dollarlik asbob-uskuna xarid qilindi.

Institutda zamonaviy analitik qurilmalar parki şakllangan va köp qurilmalar Özbekistonda yagona bölgani sababli institut qoşida uşbu qurilmalarni jalb qilgan holda “Jamoaviy foydalaniş markazi” taşkil etilgan.

Institutning yetakçi olimlaridan biri professor Vladimir Rodşteyn muassasadagi zamonaviy analitik qurilmalar faoliyati bilan taniştirdi.

“Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 iyundagi 366-sonli qaroriga binoan Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti qoşida institutning ilmiy qurilmalardan jamoaviy foydalaniş markazi taşkil qilindi. Undan maqsad Fanlar akademiyasi va Oliy ta'lim muassasalarining yuqori texnologik, ilmiy analitik qurilmalarda tadqiqot ötkazişga bölgan talabini qondirişdan iborat edi.

Vladimir Rodşteyn

Masalan, “Eyjilent” kompaniyasiga tegişli gaz xromatografida institutda olingan kunlik namunalar tahlil qilinadi. Şuningdek, boşqa taşkilotlardan ham tahlil uçun buyurtmalar olamiz.