Dunyodagi eng yirik internet dökon ─ Amazon, multiplikatsion mahsulotlari bilan butun dunyo bolalari qalbini zabt etgan ─ Disney, bir kunda millionlab odamlar foydalanadigan qidiruv tizimi ─ Google va nanotexnologiyani innovatsiyaga aylantirayotgan ─ Lotus engineering. Ularni nima boğlab turişini bilasizmi? Ularning barçasi öz faoliyatini oddiygina garajda boşlagan. Amazon, Disney va Google allaqaçon muvaffaqiyatga erişgan. Lotus engineering ham hali öz yöli avvalida bölişiga qaramay, foydali loyihalarni amalga oşirişga ulgurdi.
Lotus engineering ─ Yevropaning qay bir burçagida emas, özimizning Toşkentda joylaşgan laboratoriyaning nomi. U şunçaki oddiy tajribalar ötkaziladigan laboratoriya emas. U yerda nafaqat Özbekiston, balki butun dunyo uçun ham hali yangi bölgan yönaliş ─ nanotexnologiya kuçidan foydalangan holda innovatsiyalar yaratiladi. Eng qiziği, u qaçonlardir maşina tuzatişga xizmat qilgan oddiy garajda joylaşgan.


Lotus engineering loyihasi rahbari Amir Obidov ilğor materialşunoslik va injiniring doktori, professor. Janubiy Koreyada magistratura va doktoranturada tahsil olib, ilmiy işini yoqlagan yoş olim Özbekistonga qaytgaç, ilmiy faoliyatni yangiça yösinda davom ettiriş haqida öylay boşlaydi.
─ Avtomobilsozlik institutida bakalavr bosqiçini öqiganim uçun garajim bölardi, maşinaga qiziqardim, maşina tuzatardim. Qarasam, garajim böş turibdi. Içida hamma kerakli narsalar bor. Şu yerda laboratoriya oçiş fikri tuğildi. Innovatsion rivojlaniş vazirligiga murojaat qildim, tuman hokimligi bilan birgalikda laboratoriyani oçişda yordam körsatişdi. Hozir bu yerda nanotexnologiyalardan foydalangan holda qiziqarli va foydali loyihalarni amalga oşiryapmiz, ─ deydi Amir Obidov.

Yoş olimning sözlariga qaraganda, Özbekistondagi ilmiy tadqiqot institutlari ham nanotexnologiya bilan şuğullanadi, lekin asosiy maqsad nanotexnologiyadan innovatsiya yarata oliş bölişi kerak.

















