Prezidentning "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oşiriş va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga muvofiq Nanotexnologiyalarni rivojlantiriş markazi taşkil etiladi. Uning asosiy vazifalari:

  • nanotexnologiyalar rivojlanişining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qiliş, ilmiy tadqiqotlar va işlanmalarning ustuvor yönalişlarini şakllantiriş;
  • Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining ilmiy hamda pedagogik xodimlaridan vaqtinça ijodiy jamoalar taşkil qiliş orqali fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot hamda innovatsiya loyihalarini tayyorlaş va amalga oşiriş;
  • xorijiy oliy ta'lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boşqa taşkilotlar bilan birgalikda nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va işlanmalarni bajarişda hamkorlikni taşkil qiliş;
  • fundamental va amaliy ilm-fanning ta'lim jarayoni bilan integratsiyasi böyiça loyihalarni işlab çiqiş va bajariş.

Markazning tuzilmasi tasdiqlandi. Uning direktori Mirzo Uluğbek nomidagi ÖzMU rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.