JSST rahbari «O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi» bo‘ldi
Tedros Gebreyyesusga maxsus ko‘krak nishoni topshirildi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyyesusga «O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishonini topshirdi. Bunga O‘zbekiston bilan JSST samarali hamkorligini ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi va beg‘araz yordami sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Ko‘krak nishoni Jyenevada o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasida topshirildi. Amrillo Inoyatov O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda ko‘rsatilayotgan beg‘araz yordam uchun Gebreyyesusga minnatdorlik bildirgan.
Qayd qilinishicha, JSST rahbari ham yurtimiz tibbiyotida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, silga qarshi kurash borasida amalga oshirayotgan ishlari boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lishini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
09:50 / 16.10.2024
Germaniya JSSTga 360 mln yevro ajratadi
20:09 / 07.10.2024
JSST mpox’ni aniqlaydigan ilk testni tasdiqladi
18:55 / 05.10.2024
JSST bolalarning mobil telefonlardan foydalanishini qonunan cheklashga chaqirdi
20:48 / 04.10.2024