Suv xo‘jaligi vaziri: «Sardoba» suv omborini qayta to‘ldirishda Qozog‘iston manfaatlari hisobga olinadi»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi doirasida kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri – «Sardoba» suv omborini qayta to‘ldirish bo‘lgan.
Suv sig‘imi 1 milliard metr kub bo‘lgan «Sardoba» sum omborida ayni damda 350 million metr kub suv saqlanmoqda va uni 600 million metr kubgacha qayta to‘ldirish rejalashtirilgan. Bu haqda Qozog‘istonga tashrif chog‘ida Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev ma'lum qildi.
Vazir «Sardoba» suv ombori Qozog‘iston bilan o‘zaro kelishuvda belgilangan limit asosida to‘ldirilishi haqida aytdi.
«Biz tashrifda asosan «Sardoba» suv ombori xususida suhbatlashdik. Ikki davlat uchun ham bu suv omborini to‘ldirish masalasi muhim hisoblanadi. Kelishuvlar natijasida «Sardoba»ni to‘ldirish faqat belgilangan limit asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Qozog‘iston tomoni bu jarayonni onlayn kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.
Mazkur suv omborining sig‘imi 1 milliard metr kub suvni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, yuz bergan talafot tufayli ayni paytda unda 350 million metr kub suv saqlanmoqda. Ombordagi suv miqdorini 600 million metr kubga yetkazish rejalashtirilgan. Bu reja qo‘shni davlat suv zaxiralariga zarar yetkazmagan holda amalga oshiriladi. Jarayonni Qozog‘iston tomoni onlayn kuzatib boradi, chunki suv tanqisligi muammosi Qozog‘istonni ham chetlab o‘tmagan», deb vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
2020 yil 1 may kuni «Sardoba» suv omborida to‘g‘on o‘pirilishi sodir bo‘lgandi. Voqea oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetdi. Binolar, yo‘llar, kommunikatsiyalar vayron bo‘lgandi. Toshqin oqibatida uchta tumandagi 22 ta qishloqdan 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan. «Sardoba» toshqini oqibatida Qozog‘istonning ham chegaradagi qishloqlarini suv bosgandi.
Mavzuga oid
19:13 / 08.05.2024
Suv xo‘jaligi vazirligi yagona suv balansini yurituvchi davlat organi etib belgilandi
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
23:56 / 02.05.2023