O‘zbekiston | 11:46 / 13.10.2018
11676
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan uchrashdi

Tojikiston Respublikasiga amalga oshirgan amaliy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev bilan uchrashdi.

Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalar muhokama qilingan.

Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

Bosh vazirlar qirg‘iz-o‘zbek hamkorligi barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Bu, asosan, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ayirboshlash hajmining jiddiy o‘sishiga ta'sir ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, hukumat rahbarlari mintaqalararo hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta'kidladilar va yaqin kelajakda Cho‘lpon-Ota shahrida Qirg‘iziston chegara viloyatlari vakolatli vakillari hamda O‘zbekiston chegaraoldi viloyatlari hokimlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi. Bu hududlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni chuqurlashtirishga yangi turtki beradi.

Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati
Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

 

Mavzuga oid