Hukumat mashinalardagi gaz ballonlaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi
Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarida o‘rnatilgan gaz ballonlaridan foydalanishni nazorat qilish va ularni hisobga olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligining avtotransport vositalarida o‘rnatiladigan gaz ballonlaridan foydalanish va ularning hisobini yuritishda avtomatlashtirilgan nazorat tizimini hamda ballonlarni sinashda yangi zamonaviy uslublarni joriy qilish bo‘yicha taklifiga rozilik beriladi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi 2022 yil I chorak yakuniga qadar avtotransport vositalarida o‘rnatilgan gaz ballonlaridan foydalanish va ularning hisobini yuritishda avtomatlashtirilgan axborot – nazorat tizimini (“Gazballon nazorat” AANT) joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish uchun loyihaning konsepsiyasi, operatorga qo‘yiladigan talablar va baholash hujjatlari ishlab chiqilishini ta'minlaydi.
Bunda: xususiy sherik “Gazballon nazorat” AANTning operatori etib belgilanadi; operator 15 kunlik muddatda “Gazballon nazorat” AANTni ishlab chiqish, joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritishga oid davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan tartibda ishlab chiqadi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etadi; “Gazballon nazorat” AANTni joriy qilish va keyinchalik uni texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar xususiy sherik mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
AGTKShlar 2022 yil 1 iyun kunigacha o‘z hududlariga kirish yo‘lagida shlagbaum va gaz ballonlarini masofaviy raqamli identifikatsiya qilish moslamalari bilan jihozlanadi hamda ular yordamida tegishli texnik ko‘rikdan o‘tmagan gaz ballonlarini aniqlash va ularni AGTKSh hududiga kiritmaslik amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
GBO‘SPlar 2022 yil 1 iyundan boshlab: gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish ishlarini videokuzatuv moslamalari orqali olingan ma'lumotlarni 6 oydan kam bo‘lmagan muddatda saqlashi shart; gaz ballonlarini ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida ishlash muddati o‘tgan gaz ballonlaridan qayta foydalanish imkonini bermaydigan usulda utilizatsiya qilishlari va utilizatsiya qilingan gaz ballonlaridagi tegishli ma'lumotlarni operatorining elektron bazasiga joylashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2022 yil 1 iyuldan boshlab avtotransport vositalarida o‘rnatiladigan gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish va ularning hisobini yuritishda “Gazballon nazorat” AANT orqali nazorat ishlarini amalga oshirish uchun barcha AGTKSh va GBO‘SPlari (o‘z hisobidan) gaz ballonlarini masofaviy raqamli identifikatsiya qilish moslamalari bilan ta'minlanadi.
Mahalliy gaz ballon ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va respublika hududiga olib kirilgan, muvofiqlik sertifikatiga ega gaz ballonlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar sertifikatlashtirish organlari tomonidan belgilangan shakllarda “Gazballon nazorat” AANT operatorining elektron bazasiga doimiy taqdim etiladi. Avtotransport vositalari bir yilda bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazish davrida ularda o‘rnatilgan gaz ballon(lar) putur yetkazmaydigan nazorat (skaner) usuli bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:39 / 07.01.2025
Andijonda 518 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan choyxona aniqlandi
08:14 / 07.01.2025
Andijondagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
13:55 / 04.01.2025
Italiya YeIni gaz narxining yangi chegarasini joriy etishga chaqirdi
15:35 / 03.01.2025