Moliya vazirligining funksiyalari va vazifalari kengaytirildi
Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
Hujjat Prezidentning 2021 yil 13 apreldagi "Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6207-son farmoni, 2021 yil 17 martdagi "Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5031-son va 2021 yil 13 apreldagi "Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5073-son qarorlariga muvofiq qabul qilingan.
Birinchidan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligining tugatilganligi va Moliya vazirligiga tugatilgan Agentlikning vazifalari, funksiyalari va vakolatlari o‘tkazilganligi munosabati bilan bir qator hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Ular orasida, o‘zgartirishlar 17.08.2018 yildagi "Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida"gi PF-5515-son farmonga (17-b. 2-x.); 24.11.2018 yildagi "Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5583-son farmonga (7-b. 1-x.); O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas'ul davlat organlari ro‘yxatiga (17.01.2019 yildagi PF-5635-son farmon bilan tasdiqlangan) kiritildi.
Ikkinchidan, shuningdek Moliya vazirligi va uning bo‘linmalarining ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari ro‘yxati to‘ldirildi. Xususan, 18.03.2017 yildagi "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2847-son qaroriga (1-b.) va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga (8-b.) o‘zgartirishar kiritildi. Jumladan, boshqalar qatorida, Moliya vazirligi va uning bo‘linmalari qimmatli qog‘ozlar bozori, bukmekerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirishni amalga oshiradi. Shuningdek Moliya vazirligining qimmatli qog‘ozlar bozori sohasida funksiyalari belgilandi.
Uchinchidan, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan iste'mol etil spirtini Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan taqsimlangan hajmlardan ortiqcha hajmda xarid qilinadigan taqdirda Agentlikni xabardor qilish tartibi chiqarib tashlandi (05.02.2019 yildagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5656-son farmon 3-b. 9-x.) .
Shu kabi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar quyidagilarga kiritildi:
O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga (21.09.2018 yildagi PF-5544-son farmon bilan tasdiqlangan);
Prezidentning 2020 yil 2 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida"gi PF-6003-son farmoniga;
Prezidentning 2006 yil 7 noyabrdagi "Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-505-son qarori va boshqalarga.
Mavzuga oid
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
15:14 / 25.07.2024
Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi
11:12 / 25.05.2024
Adliya organlarining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishlari belgilandi
10:08 / 25.05.2024