Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari harorat pasayadi
Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +35...+38 daraja atrofida, ba’zi joylarda +40 darajagacha, janubda ba’zi joylarda +42 darajagacha bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, hududning katta qismida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ertaga 5 avgust kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 5 avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, havo harorati +32...+37 darajagacha pasayadi.
6 avgust yakshanba kuni nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Kunduzgi harorat barcha joylarda +30...+35 darajagacha, janubda +35...+38 darajagacha pasayadi. Bulutlilik ko‘payishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechasi esa Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bugun shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4 avgust kuni shamolning kuchayishi ba’zida 20-25 m/s gacha yetishi mumkin.
Poytaxtda 4-6 avgust kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-6 m/s tezlikda esadi, 6 avgustda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +38...+40 darajadan +33...+35 darajagacha asta-sekin pasayadi.
Mavzuga oid
10:29 / 19.02.2026
Kutilayotgan yomg‘irlar: tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin
10:35 / 16.02.2026
Hafta davomida harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda
10:32 / 16.02.2026
Qator viloyatlarda sel va suv toshqinlari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi
14:33 / 14.02.2026