AOKAda bölib ötgan brifingda Boş prokuratura boşqarma boşliği Murodilla Abduhakimov içki bozorda un va don mahsulotlari narxining ösişi va taqçilligining oldini oliş böyiça taşkil etilgan respublika ştabining faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, un mahsulotlarini xarid qiluvçi non işlab çiqaruvçilarning birja savdolarida qatnaşişiga kömaklaşiş va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qiliş maqsadida bir qator çora-tadbirlar körilmoqda:
- har kuni respublika ştabining yiğilişi onlayn tarzda ötkazilib, un mahsulotlarini işlab çiqariş, birjada sotilişi va non işlab çiqaruvçilarga yetkazilişi holati muhokama qilib borilmoqda;
- respublikadagi mavjud 4,5 mingga yaqin qolipli non işlab çiqaruvçilarga prokuratura, departament, MIB va soliq idoralarining jami 2 137 nafar xodimi biriktirilib, ularga taşkiliy va huquqiy yordamlar körsatilgan.
Dastlabki tört kun davomida 37,6 ming tonna un birja savdolariga qöyilgan. Şundan 34,3 ming tonnasi 7 mingdan ortiq tadbirkorlarga sotilgan.
Don korxonalari tomonidan, joriy yilning iyun oyida 170 ming tonna un birja savdolari orqali sotilişi rejalaştirilgan bölib, talab mavjud böladigan taqdirda, uşbu miqdorni yanada oşiriş imkoniyati hisob-kitob qilingan.
Murodilla Abduhakimovning ma’lumotlariga köra, birjadagi dastlabki tört kun davomida muqaddam turli xil sabablarga köra faoliyati töxtab qolgan 10 ta qolipli non işlab çiqaruvçi korxonalar faoliyati tiklangan, 205 nafar tadbirkorga non qolipi hamda işlab çiqariş uskunalari olib berilgan, aylanma mablağni şakllantiriş uçun 1 mlrd sömdan ortiq kredit mablağlari ajratilgan, 763 ta korxonaga birja savdolarida iştirok etib, un sotib oliş uçun röyxatdan ötkazilişiga kömaklaşilgan, 76 tasining soliqdan qarzi mavjudligi aniqlanib, soliq idoralari tomonidan tölaş muddati keçiktirilgan, 111 ta korxonalarning elektr, gaz va suv ta’minotidagi muammolari bartaraf qilingan.
Yangi tizimga köra, ğallaning bir kilogrammi, dastlabki narx sifatida 3 ming sömdan qabul qilinayotganligi hamda kelgusida birja narxlaridan kelib çiqqan holda, uşbu narxga yana qöşimça haq tölab berilişi barça dehqon, fermerlar hamda klasterlar tomonidan ijobiy kutib olingan.
Qabul qilingan don uçun özaro hisob-kitoblarni amalga oşiriş işlari boşlangan bölib, hozirga qadar ğalla yetiştiruvçilarga 146 mlrd söm tölab berilgan.
Bundan taşqari, ğalla yetiştiruvçilardan rejadan taşqari ortiqça don talab qilinişiga çek qöyilib, uşbu jarayon prokuratura xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

















