O‘zbekiston | 08:35 / 09.06.2022
5277
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi ixtisoslashtirilgan maktablarga 7 mingga yaqin pedagoglar ishga qabul qilinadi

7 mingga yaqin pedagog-kadrni yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga qabul qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda AOKAda Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: piima.uz

Qayd etilishicha, agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qituvchilar 3 bosqichli saralash asosida (hujjatlar qabuli, test va suhbat) ishga qabul qilinadi.

Ma’lum qilinishicha, 20 apreldan 20 mayga qadar job.piima.uz sayti orqali onlayn ravishda 32 476 ta hujjat qabul qilindi.

Test imtihonlari 11 iyundan boshlanadi. Unda har bir nomzodga o‘zi tanlagan fan doirasida test savollari beriladi. Ikkinchi bosqichga o‘tgan o‘qituvchilarning telefon raqamiga va elektron pochta manziliga imtihon o‘tadigan sana, manzil va vaqti haqida ma’lumotlar yuboriladi.

Imtihonlar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining test.tdi.uz sayti orqali onlayn bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid