Toshkent Kimyo xalqaro universiteti qoshida «Kimyo University Hospital» klinikasi ochildi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ochilganiga 5 yil to‘lishi munosabati bilan o‘zining «Kimyo University Hospital» klinikasini ishga tushirdi.
14 oktyabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti faoliyatining 5 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet qoshida to‘lishi ish boshlagan «Kimyo University Hospital» klinikasining rasman ochilishi e’lon qilindi.
«Kimyo University Hospital» klinikasi kattalar va bolalar uchun tibbiyotning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha diagnostika, ambulator va statsionar yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Bu yerda 100 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilib, statsionar sharoitida davolanish uchun 120 ta o‘rin tashkil etildi.
Yana bir e’tiborli tomoni, ushbu tibbiyot muassasasi nafaqat aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, balki tegishli sohalar bo‘yicha shifokorlarning malakasini oshirish borasida ham o‘ziga xos markaz vazifasini o‘taydi. Bu yerda AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya va Xitoydan kelgan malakali mutaxassislar ishtirokida mahalliy shifokorlar uchun tibbiyot yutuqlari va ilm-fan yangiliklari yuzasidan uzluksiz mahorat darslari, seminar-treninglar tashkil etiladi.
Shu tariqa bu muassasa zamonaviy klinika, tashxis markazlari, laboratoriyalar va universitetni o‘zida birlashtirgan tibbiyot klasteriga aylandi.
Klinikada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha shifokorlar faoliyat yuritadi: kardiologiya, nevrologiya, terapiya, endokrinologiya, gastroenterologiya, revmatologiya, urologiya, ginekologiya, dermatologiya, jarrohlik, otorinolaringologiya (LOR), plastik jarrohlik, qon tomir jarrohlik, oftalmologiya, ortopediya, travmatologiya, allergologiya, pulmonologiya, pediatriya, bolalar nevrologiyasi, reabilitatsiya, fizioterapiya. Barcha shifokorlar yuqori toifaga ega va tibbiyot fanlari nomzodlari.
Klinikada Philips, Olympus, Fuji Healthcare va boshqa ko‘plab kompaniyalarning tibbiy jihozlari bilan jihozlangan.
«Kimyo University Hospital» klinikasining diagnostika bo‘limi quyidagilardan iborat: zamonaviy klinik laboratoriya, ultratovush, MRT, raqamli rentgen, funksional diagnostika xonalari. Jarrohlik bo‘limi 5 ta ko‘p tarmoqli operatsiya xonasidan iborat bo‘lib, har qanday murakkablikdagi operatsiyalarni bajarish imkoniyati mavjud. Reanimatsiya bo‘limi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan.
Statsionar bo‘limda klinika zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, insultdan keyingi reabilitatsiya jarayonida surunkali kasalliklar, jumladan, qandli diabet, yurak va buyrak yetishmovchiligining oldini olish va yuqori saviyada to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
«Kimyo University Hospital» bolalar bo‘limi nevrologik kasalliklarga chalingan yosh bemorlarni tashxislash va davolashga ixtisoslashgan.
Klinikada Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tahsil olayotgan tibbiyot fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun klinik baza vazifasini o‘tab, tibbiyot sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash, sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan talabni qondirishga xizmat qiladi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
14:36 / 24.10.2024
“Bir oyda foydalanishga topshiramiz” – Agrar universiteti yotoqxonasi ta’miridagi kamchiliklar bartaraf etilayotgani aytildi
12:30 / 23.10.2024