Özbekistonda tadbirkorlik sub’yektlari uçun xorijiy valuta sotib oliş qoidalari qat’iylaştirilişi kutilmoqda. Markaziy bank tegişli hujjat loyihasini e’lon qildi.

Amaldagi tartibga köra, tadbirkorlar çet el valutasini sotib oliş yoki sotiş uçun xizmat körsatuvçi bankka buyurtma berganda, maqsadi va asoslovçi hujjatlarni taqdim etişi kerak.

Regulyator tadbirkorlar bankka taqdim etadigan qöşimça ma’lumotlarni kengaytirişni taklif qilmoqda, xususan:

  • valuta operatsiyasini amalga oşiriş uçun tuzilgan kontrakt (şartnoma, bitim, invoys);
  • çet el valutasidagi lizing va kreditlarga xizmat körsatişda – asosiy summa va foiz tölovlarini qaytariş jadvali;
  • xorijiy investorlarning foydasi, dividendlari va boşqa daromadlarini repatriatsiya qilişda – foyda taqsimlangani va dividendlar tölangani töğrisidagi hujjat, auditorlik firmasi yoki soliq organining xulosasi hamda daromad soliği tölangani töğrisidagi soliq organlari tasdiqnomasi;
  • norezidentlar tomonidan mablağlarni ularning çet eldagi hisobvaraqlariga yoki uşbu norezidentlarni taşkil etgan xorijdagi korxonalarga ötkazişda – milliy valutadagi mablağlarning qonuniy yöl bilan topilganini asoslovçi hujjatlar.

Şuningdek, norezident jismoniy şaxslar bilan valuta ayirboşlaş operatsiyalarini amalga oşiriş ular tomonidan mablağlarning qonuniy manbalardan olinganini tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etilganda amalga oşiriladi. Bunda operatsiya summasi taqdim etilgan hujjatlarda körsatilgan summa miqdoridan oşmasligi lozim.

Markaziy bank izohiga köra, taklif etilayotgan özgartiriş va qöşimçalar valuta operatsiyalarini çeklaş yoki qat’iylaştirişni emas, balki amalda mavjud normalarga aniqlik kiritiş, ayrim operatsiyalarni amalga oşiriş jarayonini yanada soddalaştiriş, tarqoq normalarni umumlaştirişni nazarda tutadi.

Loyiha muhokamasi 19 noyabrga qadar davom etadi.

Eslatib ötamiz, Markaziy bank 18 sentabrdan boşlab tijorat banklari uçun valuta operatsiyalariga qöyiladigan talablarni kuçaytirgani jamoatçilikning keskin noroziligiga sabab bölgandi. Şundan keyin regulyator yangi çeklovni bekor