Özbekiston Markaziy banki tijorat banklari va tadbirkorlik sub’yektlariga qöyilgan valuta operatsiyalari böyiça yangi çeklovlarni bekor qildi. Bu haqda regulyator rahbari Mamarizo Nurmurodov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Avvalroq Markaziy bank 18 sentabrdan boşlab tijorat banklari uçun valuta operatsiyalariga qöyiladigan talablarni kuçaytirayotgani ma’lum qilingandi. Bu haqdagi qaror Markaziy bank Bank nazorati qömitasining 15 sentabr kungi yiğilişida, söngra regulyator rahbariyati tomonidan qabul qilingan. 

Markaziy bankning talabi bilan xöjalik yurituvçi sub’yektlar valuta operatsiyalarini faqat asosiy hisobvaraği oçilgan bankda amalga oşira olişi belgilangandi. Tadbirkorlar xorijiy valuta sotib oliş uçun bankning tegişli tuzilmasidan ijobiy xulosa olişi kerak edi. Banklar yangi talablarni bajarmagan taqdirda valuta birjasidagi iştiroki çeklab qöyilişi haqida ogohlantirilgan.

Endi esa banklarga 15 sentabrda qabul qilingan qarorni ijrosiz qoldiriş lozimligi bildirildi.