Markaziy bank 2024 yil uçun «Özbekistonning tölov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqeyi hamda taşqi qarzi» böyiça yillik hisobotini e’lon qildi.
Qayd etilişiça, ötgan yilda joriy operatsiyalar hisobi taqçilligi 5,7 mlrd dollarni taşkil qilgan (2023 yilda 7,8 mlrd dollar). Bunga savdo balansi manfiy saldosining kamayişi bilan birga ikkilamçi daromadlar komponenti böyiça kelib tuşgan joriy transfertlar hajmining sezilarli darajada köpayişi ta’sir körsatgan.
Jumladan, eksportning importga nisbatan yuqoriroq sur’atlarda ösişi natijasida, savdo balansining manfiy saldosi (17,4 mlrd dollar) deyarli 2023 yil darajasida saqlanib qolgan.

2024 yilda xalqaro bozorlarda xomaşyo narxlarining özgarişi va norezidentlarga körsatilgan xizmatlar hajmining köpayişi natijasida jami eksport hajmi 2023 yilga nisbatan 4,5 foizga ösib, 26,2 mlrd dollarni taşkil qildi (oltinsiz – 18,7 mlrd dollar, ösiş 11 foiz).
Asosiy eksport xomaşyo mahsulotlarining jahon narxlari tahliliga köra, 2024 yil davomida oltinning örtaça narxi 2023 yil körsatkiçiga nisbatan 23 foizga, kumuş narxi 21 foizga, mis narxi 8 foizga hamda uran narxi 42 foizga ösgan bölsa, töqimaçilik sanoatining asosiy xomaşyosi – paxtaning jahon narxi 9 foizga pasaygan.

2024 yilda jami import hajmi 2023 yilga nisbatan 2,3 foizga köpayib, 43,6 mlrd dollarga yetdi. Bu 2023 yilda ayrim turdagi tovarlarning bir martalik yirik importi ötgan yil davomida sezilarli darajada qisqargani bilan izohlanadi. Şunga qaramay, mamlakatda investitsiyaviy faollik va içki iste’mol talabi yuqori darajada saqlanib qolişi şaroitida xorijdan energoresurslar, maşina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlarining keltirilişi davom etdi.
2024 yilda mehnat muhojirlari işlaydigan an’anaviy mamlakatlarda işçi kuçiga talab oşişi natijasida iş haqi miqdorining ösişi hamda mehnat migratsiyasi geografiyasining diversifikatsiyasi kabi ijobiy tendensiyalar birlamçi va ikkilamçi daromadlar komponentlari böyiça tuşumlarning köpayişiga xizmat qildi. Öz navbatida, norezidentlarning investitsiya daromadlari oşişi xarajatlarni köpaytiruvçi omillardan bölgan. Natijada birlamçi va ikkilamçi daromadlar balansi musbat saldo bilan şakllanib, mos ravişda 1,1 mlrd va 10,6 mlrd dollarni taşkil etgan holda savdo balansi taqçilligini qisman qoplagan. Joriy operatsiyalar hisobi taqçilligi moliyaviy hisob böyiça kapital tuşumlar, xususan, töğridan töğri, portfel investitsiyalar va boşqa manbalar jalb qilinişi hisobiga moliyalaştirilgan.


















