Uy sotib olish va uyga ro‘yxatga qo‘yish tartibi yanada osonlashmoqda
Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish tartibotlarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha bilan 2 ta yangi qulaylik joriy etilmoqda:
Hozirda ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan huquq egasi o‘zgarganda, ushbu huquqni kadastr organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Shundan so‘nggina uyning yangi mulkdorini ichki ishlar organlari axborot tizimida doimiy ro‘yxatga qo‘yish mumkin.
Taklif etilgan loyihaga ko‘ra, mulk ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida doimiy ro‘yxatda turish masalasini ham hal etish imkoniyati yaratilmoqda. Ya’ni notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘chmas mulk ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan paytda yangi mulkdorni doimiy ro‘yxatga qo‘yish uchun ham murojaat qilish mumkin bo‘ladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijarasi hamda tekin foydalanish shartnomasi soliq organlari axborot tizimida elektron shaklda hisobga qo‘yiladi. Biroq shartnoma hisobga qo‘yilgandan so‘ng ijarachining har bir oila a’zosini ushbu turar joyga vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish uchun alohida murojaat qilish zarur.
Bu jarayondagi noqulaylikni bartaraf etish maqsadida loyihada ijara shartnomasini soliq organlarining axborot tizimida hisobga qo‘yish bilan bir paytda ijarachi va uning oila a’zolarini vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish uchun ichki ishlar organlariga elektron murojaat etish imkoniyati joriy etilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu takliflar amaliyotga tatbiq etilishi bilan yangi uyga ko‘chishda doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida murojaat etish zaruriyati bartaraf etilib, xizmat ko‘rsatuvchi organlarga qatnash bilan bog‘liq vaqt va mablag‘ xarajatlari oldi olinadi.
Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida ishtirok etish mumkin.
Mavzuga oid
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
07:24 / 02.09.2024
Sud qarorisiz va uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi
20:50 / 07.08.2024
O‘zboshimcha egallangan yer qanday qonuniylashtiriladi? Yangi qonun bo‘yicha mutaxassis bilan suhbat
07:59 / 03.08.2024