Nijniy Tagilda beş qavatli turar joy binosi qulaşi qurbonlari soni 10 kişiga yetdi. Bu haqda 2 avgust, juma kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Departament ma’lumotlariga köra, 11 nafar jabrlanuvçi şifoxonalarda qolmoqda. Şifokorlar ulardan beş nafari, jumladan ikki bolaning ahvolini oğir deb baholamoqda, dedi Rossiya Federatsiyasi soğliqni saqlaş vaziri yordamçisi Aleksey Kuznetsov.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining qöşimça qilişiça, voqea joyida 550 nafar qutqaruvçi va 74 birlik texnika işlamoqda.

Qulaş 1 avgust kuni sodir bölgan va ikkita kiriş yölagiga ta’sir qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, fojiaga gaz portlaşi sabab bölgan. Rossiya Tergov qömitasining hududiy boşqarmasi iste’molçilar hayoti va soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar körsatiş moddasi böyiça jinoiy iş oçdi.

Nijniy Tagil meri Vladislav Pinayev 3 avgustni motam kuni deb e’lon qildi.