Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni qonun hujjatlariga xususiy mulk huquqini himoya qiliş böyiça yangilangan Konstitutsiyaga muvofiqlaştiriş böyiça özgartirişlarni imzoladi.
Hujjat bilan Uy-joy kodeksi, Şaharsozlik kodeksi va «Yer uçastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş tartib-taomillari töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Uy-joy kodeksida «heç kim sudning qarorisiz va qonunga muvofiq bölmagan holda öz uy-joyidan mahrum qilinişi mumkin emas» deb belgilandi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda öz uy-joyidan mahrum bölgan mulkdorga uy-joy qiymati va unga yetkazilgan zararning oldindan va teng miqdorda qoplanişi ta’minlanadi.
Uy-joy kodeksida uy-joyning taşqi körinişini özgartiriş, qayta quriş yoki buziş şaharsozlik qonunçiligiga muvofiq amalga oşirilişi belgilanmoqda. Ilgari bunday harakatlarga hokimliklarning tegişli ruxsati mavjud bölgan taqdirda yöl qöyilişi körsatib ötilgan edi.
Şaharsozlik kodeksiga zilzilabardoş hududlarda bino va inşootlarni loyihalaş va qurişda şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş, tasdiqlaş va amalga oşirişni taqiqlovçi yangi norma kiritilmoqda.

















