«O‘zbekistonda bir kishi yil bo‘yi o‘rtacha 43 kilo go‘sht va go‘sht mahsulotlari iste'mol qiladi» - Davstatqo‘m
Bugun, 30 sentabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat statisika qo‘mitasi markaziy apparati, Toshkent shahri va viloyati statistika boshqarmalari mutasaddilari, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda aholining oziq-ovqat iste'moli darajasi bo‘yicha ham ma'lumot berildi. Davlat statistika qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Jahongir Yo‘ldoshev aholining go‘sht iste'moli haqida axborot berdi.
«O‘zbekistonda bir yilda bir kishi 43,2 kilogramm go‘sht va go‘sht mahsulotlarini iste'mol qiladi. Respublikada aholining go‘sht iste'moli darajasi o‘rtacha. Tojikison va Qirg‘izistondan ko‘proq. Rossiya, Qozog‘iston, Ozarboyjon va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlariga nisbatan kamroq go‘sht iste'mol qilamiz», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat statistika qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari boshqa oziq-ovqat mahsulotlari iste'moli haqida ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, 2018 yil davomida bir kishi o‘rtacha 272 litr sut va sut mahsulotlari, 4,8 kilogramm baliq mahsulotlari, 150 kilogramm meva va rezavorlar, 56 kilogram kartoshka iste'mol qilgan.
Eslatib o‘tamiz, jurnalistlar bilan 10 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov o‘zbekistonliklar juda ko‘p go‘sht iste'mol qilayotganini, bu esa o‘z navbatida go‘sht narxining oshishiga sabablardan biri ekanini ta'kidlagan edi.
Mavzuga oid
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
11:12 / 27.08.2024
Saylovlarga tayyorgarlikni 2020 yildayoq boshlaganmiz – Aktam Hayitov
08:08 / 13.07.2024
“150 bola ovqatiga 300 gramm go‘sht” – Peshku hokimi bog‘chadagi go‘shtni taroziga torttirib ko‘rdi
10:16 / 12.05.2024