“150 bola ovqatiga 300 gramm go‘sht” – Peshku hokimi bog‘chadagi go‘shtni taroziga torttirib ko‘rdi
Buxoro viloyati Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov tumandagi bog‘chalardan birida reyd o‘tkazgan. Unda 14-maktabgacha ta’lim tashkilotida pishirilgan ikkinchi ovqatga 300 gramm go‘sht solingani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, bog‘cha mudirasi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.

Foto: Videodan kadr
Buxoro viloyati Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov tumandagi 14-MTTni o‘rganish uchun borgani ask etgan video tarqaldi. Videoda hokim bog‘cha oshxonasiga kirib, pishirilayotgan ovqatlar ichidagi go‘shtni taroziga torttirib ko‘rgan. Go‘sht 300 gramm chiqqan. Ko‘rinishicha, bu 151 nafar tarbiyalanuvchi uchun tayyorlangan ikkinchi ovqatga solingan go‘sht. “Mana bu 14 bog‘chada 168 nafar bola ro‘yxatda turadi. 151 nafar bolaga pishirilayotgan ikkinchi ovqat. Makaron kabobning ichidagi barcha go‘shtlar olindi. Olib taroziga tortilsa, 300 gramm go‘sht chiqdi. Mana, 300 gramm go‘sht solingan. Mana qahramonlarimiz, hamshira, oshpaz va bog‘cha mudirasi o‘rinbosari”, – degan hokim videoda.
Kun.uz Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Iroda Oripova bilan bog‘lanib, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot oldi. Unga ko‘ra, 10 iyul kuni tuman hokimi tomonidan ishchi guruh tuzilib, ijtimoiy obektlar faoliyati o‘rganilgan. Jarayonda tumandagi 14-MTT faoliyati bilan tanishilgan. “Oshxonada birinchi ovqat ham pishirilayotgan bo‘lib, unga 5,85 kg go‘sht mahsuloti, ikkinchi ovqatga 300 gramm go‘sht solingani aniqlangan”, – dedi Oripova.
U shuningdek, umumiy hisoblaganda, bolalar ovqatiga belgilangan miqdordagi go‘sht qozonga solingani, faqat muzlagan holatda bo‘lgani uchun bittasiga ko‘p, ikkinchisiga kam solinganini aytdi. Shu bilan birga Oripova bog‘cha mudirasi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shaganini ham qo‘shimcha qildi.
Holat bo‘yicha tuman hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga bergan ma’lumoti biroz boshqacharoq. U birinchi ovqatga belgilangan normaga yaqin go‘sht solingani, ikkinchisida esa kam bo‘lganini ta’kidladi. “Bu bo‘yicha men mutaxassis emasman, lekin qozonga go‘sht tushgandan keyin bu darajada sezilarli kamaymaydi deb o‘ylayman”, – dedi hokimlik matbuot xizmati vakili.
Eslatib o‘tamiz, Senat ishchi guruhi Andijon viloyatidagi bog‘chalarning ovqatlantirish tizimini o‘rganib, muassasa oshxonalari ta’mirtalab ekani, jihozlar, idish-tovoqlar yetishmasligi, sifatsiz mahsulotlar olib kelingani haqida xabar qilingan edi.
Oldinroq, YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ratsion ko‘rsatkichida O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Antarktidadagi bazada olim o‘z rahbariga hujum qildi
Jahon | 10:12
-
Toshkentda yo‘l haqi uchun naqd pul talab qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
Jamiyat | 10:03
-
Yevropa Ittifoqi va hamkorlar Suriya va uning qo‘shnilariga 5,8 mlrd yevro ajratadi
Jahon | 09:42
-
Isroil G‘azo sektoriga yana zarbalar berishni boshladi
Jahon | 09:34
Mavzuga oid

10:59 / 11.03.2025
Kattaqo‘rg‘onda eshak so‘yib, go‘shtini sotib kelgan shaxslar aniqlandi

10:17 / 03.12.2024
Qo‘shrabotdagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz ilon tomoshalari o‘tkazildi. IIV holatni o‘rgandi

13:41 / 30.11.2024
Prezident yig‘ilishidan keyin Buxorodagi uchta tuman va bir shaharda hokim o‘zgardi

13:41 / 02.11.2024