19:51 / 01.06.2015
8010

Rustam Sa'diyevdan ishchi nomi "Paxan" bo‘lgan yangi film kutilmoqda

O‘zbekistonning eng mashhur rejissyorlaridan biri bo‘lgan Rustam Sa'diyev tomoshabinlar ma'naviyatiga zarur ozuqa manbai bo‘lib xizmat qiladigan yangi film suratga olish harakatida.

Filmning ishchi nomi "Paxan" bo‘lib, unga "Sotqin" filmidagi roli bilan "yangidan tug‘ilgan" Javohir Zokirov, Ulug‘bek Qodirov, "Brigada" seriali orqali tanilgan Farhod Mahmudov kabi aktyorlar taklif etilgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, filmda Gollivud kinolarida rol ijro etgan mashhur aktyor ham qatnashishi mumkin. Hozirda nomi oshkor qilinmagan aktyor bilan kelishuv-muloqoti amalga oshirilmoqda. 

Top