Jorj Kluni egizak farzandli bo‘ldi

Amerikalik aktyor Jorj Kluni va uning turmush o‘rtog‘i Amal Kluni egizakli bo‘lishdi - o‘g‘il va qiz. Bu haqida BBC News aktyorning vakili Sten Rozenfild bergan ma'lumotga asoslanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, juftlik o‘z farzandlariga Ella va Aleksandr deya ism bergan.
"Ella, Aleksandr va Amal - ularning bari sog‘-salomat, baxtli va o‘zini yaxshi his qilmoqda", - dedi Rozenfild va tabassum bilan "Jorj o‘ziga kelgani va bir necha kundan keyin safga qaytishi"ni aytib qo‘shimcha qildi.
Aktyorning turmush o‘rtog‘i Amal Kluni - asli livanlik bo‘lgan, Britaniyada faoliyat yurituvchi advokat. Juftlik 2014 yilda Venetsiyada nikoh to‘yini o‘tkazgan.
Ta'kidlash joizki, 2017 yilning fevralida Kluni kino olamiga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli "Sezar" mukofotini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid

14:53 / 14.02.2025
O‘zbekistonda 2024 yilda qancha egizaklar tug‘ilgani ma’lum qilindi

17:44 / 17.01.2025
Toshkentda 4 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi

17:26 / 08.11.2024
“Embrionlar qarovsiz qolib ketdi” - EKU orqali farzand kutgan ayollar aldandi(mi?)

17:24 / 11.07.2024