10:44 / 11.02.2019
7814

O‘zbekistonda barcha tovar belgilari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi 

O‘zbekistonda barcha tovar belgilari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda aytiladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda:

2019 yil 1 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hammaga ma'lum tovar belgilarining nohalol ro‘yxatdan o‘tkazilishini aniqlash nuqtai nazaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha tovar belgilarini to‘liq xatlovdan o‘tkazadi va qonun talablari buzilgan holda berilgan tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarni bekor qilish choralarini ko‘radi;

intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bo‘yicha ta'sirchan choralarni ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazilgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top