Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti milliy valuta – sömning tanlab olingan ramzi va Fransiya “In-Core Systèmes” kompaniyasi logotipi öxşaşligi böyiça munosabat bildirdi.
“Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari tomonidan uşbu holatga intellektual mulk obektidan, xususan, tovar belgisidan noqonuniy foydalaniş sifatida baho berilmoqda”, deyiladi munosabat avvalida.
Departamentga köra, “In-Core Systèmes”kompaniyasining belgisiga öxşaş belgilar dunyoning bir qator davlatlarida (AQŞ, Kanada, Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya va Hindiston) ham foydalanib kelinadi.
“Ta’kidlaş joizki, intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi territorial (hududiy) xarakterga ega. Boşqaça aytganda, intellektual mulk obekti ma’lum bir davlat hududida huquqiy himoyadan foydalanadi. Şu jumladan, tovar belgisi ham tegişli tartibda röyxatdan ötkazilganidan söng huquqiy muhofazaga ega böladi”, deyiladi bayonotda.
Rasmiylarga köra, “In-Core Systèmes”kompaniyasining belgisi Özbekistonda tovar belgisi sifatida röyxatdan ötmagan va muhofaza qilinmagan.
“Uşbu holatni mualliflik huquqi nuqtai nazaridan qaraydigan bölsak, adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qiliş töğrisida Bern konvensiyasi va milliy qonunçiligimizga muvofiq, mualliflik huquqi yaratiş fakti böyiça yuzaga keladi va uning yuzaga kelişi hamda amalga oşirilişi uçun röyxatdan ötkaziş yoki biron-bir boşqa rasmiyatçilikka rioya etiş talab qilinmaydi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va şu kabilar) mualliflik huquqi obektlari hisoblanmaydi.
Şuni ta’kidlaş joizki, mazkur belgini tovar belgisi sifatida röyxatdan ötkaziş va muhofaza qiliş maqsadida Intellektual mulk departamentiga murojaat qilinmagan. Agar uşbu belgini davlat röyxatidan ötkaziş uçun Intellektual mulk departamentiga murojaat qilinsa, holat ekspertlar tomonidan töliq örganilib, tegişli tartibda xulosa beriladi”, – deyiladi Adliya vazirligi departamenti izohida.
Eslatib ötamiz, Markaziy bank söm ramzi uçun ğolib şaklni 500dan ortiq taklif orasidan tanlab olganini ma’lum qilgandi.












