Adliya vazirining buyruği bilan tovar belgisi va xizmat körsatiş belgisini röyxatdan ötkaziş uçun talabnoma tuziş, topşiriş va körib çiqiş qoidalariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Talabnoma beruvçining xohişiga köra talabnomaning ekspertizasi vakolatli organ tomonidan tezkor tartibda, ya'ni talabnoma körib çiqişga qabul qilinganligi töğrisida qaror çiqarilgan kundan e'tiboran bir oy mobaynida ötkazilişi bilan töldirildi. Bunda talabnomaning ekspertizasini tezkor tartibda ötkaziş talabnoma beruvçining bu haqdagi iltimosnomasiga asosan amalga oşiriladi. Iltimosnoma vakolatli organga talabnoma bilan bir paytda yoki u topşirilgan sanadan e'tiboran 3 oy davomida taqdim qilinişi kerak.
Ifodalangan belgini ekspertizadan ötkaziş Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan amalga oşiriladi (“Tovar belgilari, xizmat körsatiş belgilari va tovar kelib çiqqan joy nomlari töğrisida”gi qonunning 15-moddasi).
Belgilanişiça, ifodalangan belgining muhofazaga layoqatlilik axborotini izlaş rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boşlab 10 kun içida amalga oşiriladi. Uning natijalari böyiça hisobot tuziladi, unda quyidagilar aks ettiriladi:
- izlaş ötkazilgan talabnoma raqami;
- talabnoma topşirilgan sana;
- talabnomada körsatilgan belgining tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasi böyiça sinflari;
- axborotni izlaş ötkazilgan belgining tasviri;
- ma'lumotlar bazalari, luğatlar, maxsus adabiyotlar röyxati;
- bibliografik ma'lumotlar körinişidagi axborotni izlaşga aloqador hujjatlar, muayyan sinflarga havolalar;
- axborotni izlaş yakunlangan sana.
Belgilanişiça, ommaga ma'lum bölgan har qanday ma'lumotlar axborot izlaşning hajmiga kiritilişi mumkin.
















